Navoiyda saxovat tadbirlari davom etmoqda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi va"Saxovat va ko’mak" umumxalq harakati tomonidan viloyat bo'ylab xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Navoiy shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo'qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bundan tashqari 5 ta muhim tashabbusni yanada rivojlantirishda o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan oilalar farzandlariga viloyat Kengashining tashakkurnoma va o'quv qurollari ham sovg'a qilindi.

Saxovat tadbirlari davom etmoqda...