Jizzaxda "frilanserlik" faoliyati bo‘yicha onlayn forum tashkil etildi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda “frilanserlik” atamasi keng qo‘llanilmoqda va bu faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarimiz soni ham ortmoqda.

Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi"da “Yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tizimlarni keng joriy qilish bo‘yicha” onlayn forum tashkil etildi.

Jizzax viloyati tumanlaridagi yoshlar vakillari ishtirokida kechgan onlayn konferensiya davomida “frilanserlik” faoliyati xususida ham so‘z yuritildi.

Tadbirda shuningdek, grafik –dizaynerlik, marketing SMM, buxgalteriya xizmati kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borgan, hozirda “Asia school” maktabi rahbari sifatida ish olib borayotgan Asilbek Ubaydullayev, "Astime” reklama agantligi rahbari Nurhayot Valiyev va Erkin Davronov kabi mahoratli moderatorlar tomonidan “frilanserlik” faoliyati, uning kelib chiqish tarixi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

Onlayn muloqotda yoshlar bandligini ta’minlashda ushbu faoliyatning roli ham alohida ekanligi takidlandi.

Forum yakunida “frilanserlik” faoliyatiga qiziquvchi yoshlar uchun bu kabi onlayn seminarlar davom ettirilishi va master-klasslar o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Ma'lumot uchun:" Frilans" atamasi inglizcha "freelance" so‘zidan olingan bo‘lib, free – erkin, lance – nayzali ya'ni o‘tkir fikr degan ma'noni anglatadi.

Frilans faoliyati xususiy amaliyot bo‘lib, tashkilot
va kompaniyalardan tashqarida mustaqil ishlashni anglatadi.
Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi aksariyat fuqarolar ishni o‘zi topadi va buning ortidan mablag‘ ham orttiradi.