O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kutubxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy qutlaydi

Bugun, 21-may ziyo tarqatuvchi kasb egalari — kutubxonachilar kuni!

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi insonlarga ilm olishda oʻzlarining beminnat yordamlarini ayamaydigan, milliy madaniyatimizga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu sharafli kasb egalarini bayram bilan muborakbod etadi.

Bu sana nafaqat kutubxonada faoliyat yurituvchilar, balki kitobni sevuvchi va uni qadrlovchilar bayramidir. Barcha kitobxonlarni ham bayram bilan qutlagan holda, koʻproq kitob oʻqib kelajakka shaxdam qadam qoʻyishlarini tilab qolamiz!