“Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi onlayn anjumanga start berildi

“Kamalak” bolalar tashkiloti tashkil topganining 19 yilligi munosabati bilan “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi onlayn anjumanga ko‘tarinki ruhda start berildi.

Anjumanning ochilish marosimida tashkilot tashkil etilganidan buyon sardorlik faoliyatini olib borgan va hozirda turli xil davlat organlari, vazirliklar va mahalliy hokimliklarida faoliyat yuritayotgan fidoyilar, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti jamoasi, tashkilotning hududlardagi vakillari, shuningdek, Respublika hamda hududiy sardorlar “Zoom” ilovasi orqali ishtirok etdi.

Mazkur anjuman yoshlar ittifoqining facebookdagi rasmiy sahifasida onlayn tarzda efirga uzatildi.