Sotsial lift: Yoshlar ittifoqining tuman kengashi raisi Sirdaryo tumanidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori lavozimiga tayinlandi

2008-yildan buyon Yoshlar ittifoqi tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan G‘ayrat Xusayinov Sirdaryo tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

G‘ayrat Xusayinov 1985-yil 31-iyulda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2006-yil Guliston davlat universitetini tamomlagan.
G‘.Xusayinov o‘z faoliyatini
2006-yil Sirdaryo tumani Malek agrosanoat kasb-hunar kollejida dasturlovchi muhandislikdan boshlagan.

2007/2008-yillarda Sirdaryo tumani hokimligi iqtisodiyot bo‘limida bosh mutaxassis sifatida ish yuritdi.

2008-yildan 2015-yilga qadar yoshlar tashkilotida muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. 2015- yil Sirdaryo tumani bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori o‘rinbosari sifatida ish yuritdi. 2015-yildan hozirga qadar Yoshlar ittifoqi tizimida tuman kengashi raisi lavozimida mehnat qilib keldi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi G‘. Xusayinovning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi.