"Saxovat va ko'mak" umumxalq harakatiga Surxondaryo yoshlari ham ko‘mak bermoqda

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan "Saxovat va ko'mak" umumxalq harakatiga janublik yoshlar ham munosib hissalarni qo'shib kelishmoqda.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi filiali bilan birgalikda 400 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar oldi. Har bir oilaga 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Prezidentimiz "Saxovat va ko'mak" umumxalq harakati xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini namoyon etishini shuningdek xalqimiz qudratining amaliy namoyoniga aylanishini ta'kidlab o'tgan edilar.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan bugungi kunga qadar 1000 nafar oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar ulashildi.