Sariosiyo tumanidagi volontyor yoshlar ham xayrli ishlarga qo‘l urdi

Respublikamizning turli hududlaridagi targ'ibot ishlarida qatnashayotgan ko'ngilli yoshlar kun sayin ko‘paymoqda.

Xususan, Sariosiyo tumanida volontyor yoshlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga kundalik hayotda zarur mahsulotlarni yetkazib berishdi. Surxon yoshlarining bu kabi savobli ishlaridan ibrat olsak arziydi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi yurtimizdagi holatga befarq bo'lmagan yoshlar ko'pligini e'tirof etadi va ularning soni oshishiga ishonch bildiradi.