Andijonlik ko‘ngilli yoshlar dezinfeksiya ishlariga ko‘maklashmoqda

Andijonda "Yosh volontyorlar" klubida birlashgan 100 nafar yoshlar ko‘ngilli sifatida xayrli aksiyalarda faol ishtirok etmoqda.

Xususan, yurtimizga kirib kelgan koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga ko‘ngillilar munosib hissa qo‘shyapti.

Andijon viloyatidagi 16 ta tuman va shaharlarda tashkil etilgan shaharga kirib-chiqish postlari, ichki postlar, ko'p qavatli uylar, shahar va tuman ko'chalari hamda korxona-tashkilotlardagi Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi va Ichki ishlar xodimlari ishtirokida olib borilayotgan dezinfeksiya ishlarida "Yosh volontyorlar" klubi a'zolari ham o‘z yordamlarini ayamayapti.

Shuningdek, ko‘ngillilar shaharga kirib-chiqish postlaridagi avtomobillarni ham tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqirmoqda.