Navoiylik tadbirkor yetim bolalarga uy sovg‘a qildi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi taklifi bilan “Biznes fundament” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tadbirkor Otabek Haydarov tomonidan ota-onasidan erta ajralgan 3 nafar bolaga Navoiy shahar markazidagi zamonaviy ko‘p qavatli turar joylardan, barcha sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Ota-onasining bevaqt vafotidan keyin 5 yildan buyon Karmana tumanida ijarada yashab kelayotgan bolalar buvisi Saodat aya Shukurovaning qaramog‘ida qolgandi. Bugun bolalar behad xursand. Saxovatli tadbirkor ularga zamonaviy noutbuk, tikuv mashinasi, uy ro‘zg‘or buyumlari hamda kir yuvish mashinasini ham tuhfa qildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi taklifi bilan “Biznes fundament” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tadbirkor Otabek Haydarov tomonidan ota-onasidan erta ajralgan 3 nafar bolaga Navoiy shahar markazidagi zamonaviy ko‘p qavatli turar joylardan, barcha sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan ikki xonali uy sovg‘a qilindi.

Ota-onasining bevaqt vafotidan keyin 5 yildan buyon Karmana tumanida ijarada yashab kelayotgan bolalar buvisi Saodat aya Shukurovaning qaramog‘ida qolgandi.

Bugun bolalar behad xursand. Saxovatli tadbirkor ularga zamonaviy noutbuk, tikuv mashinasi, uy ro‘zg‘or buyumlari hamda kir yuvish mashinasini ham tuhfa qildi.