Uyda qoling! Keksa yoshdagilar va boshqa yurtdoshlarimizning hayotini xavf ostida qoldirmang!

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 virusini yuqtirganlar soni 49 nafarga yetdi.

Kasallik bilan kurashayotgan JSST, O‘zbekiston SSV, yurtimiz va dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi shifokorlar kasallik yuqtirib olmaslik, uning ehtimoliy tarqalishining oldini olish maqsadida uyda qolishni qattiq tavsiya qilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (http://t.me/yoshlarittifoqi_uz) va Koronavirusinfo kanali (http://t.me/koronavirusinfouz)virus zanjirini uzishni o‘zingiz, yaqinlaringizdan boshlashni yoqlaydi! Kasallik tarqalishiga, bebaho hayotlarni olib ketishiga yo‘l qo‘ymang!

#UydaQoling #BizYengamiz