Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tahsil olayotgan qashqadaryolik talabalar uylariga qaytmoqda

Аyni damda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tahsil olayotgan qashqadaryolik talabalarni bepul olib qaytish boʼyicha loyiha davom etmoqda.

Bugun tongda Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat transport boshqarmasi, viloyat IIB Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi va yoshlar ittifoqi masʼullari hamrohligida Toshkent shahriga 20 ta avtobus, 4 ta mikroavtobus va 100 ga yaqin yengil avtomobillar yetib keldi.

Viloyat hokimligi tomonidan talabalarni olib kelish maqsadida yuborilgan avtomobillar barchasi dezinfeksiyangan.

Eslatib oʼtamiz, uyga qaytarilishi rejalashtirilgan 1700 nafardan ziyod talabalarni hamjihatlikda xavf-xatarsiz olib kelish uchun viloyat shtabi faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.