Hurmatli yoshlar va telegram kanalimiz obunachilari diqqatiga!

Respublikamizda so‘nggi kunlarda COVID-19 virusi tarqalishini oldini olish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sizning sog'ligingiz va vaqtingizni o'ylagan holda tashkilotimizda faoliyat yuritayotgan "Yoshlar Qabulxonasi"ga tashrif buyurish o'rniga, tashkilot faoliyatiga doir taklif yoki e’tirozlaringizni 1093 qisqa raqamiga yoki telegramdagi @yoshlarmurojaatibot orqali yetkazishingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan bloger va jurnalistlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdormiz.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Axborot xizmati