Namanganda "Yoshlar media markazi" tashkil etiladi

Ijodkor, shijoatli va faol yoshlar o'z ijodiy salohiyatlarini namoyon etishlari uchun yana bir qulaylik.Viloyat hokimi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi qoshida "Yoshlar media markazi" tashkil etiladi.

Xabar berilishicha viloyat mahalliy byudjetining zahira jamg'armasi hisobidan 120 mln 225 ming so'm mablag' ajratilib, markazning moddiy texnik bazasini shakllantirish ishlari boshlab yuborilgan.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar uchun Namangan viloyat hokimiligiga minnatdorchilik bildiradi.