Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Yoshlar kubogi” musobaqasi oʻtkazildi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi hamda Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorligida 41-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, ularni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida musobaqa tashkil etildi.

"Yoshlar kubogi" musobaqasida Toshkent shahrida joylashgan Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchilar sportning mini-futbol turi boʻyicha bellashdi.

Musobaqada Yunusobod hamda Chilonzor tumanlarida joylashgan 21-22-23-sonli Mehribonlik uylarining jamoalari o‘zaro qizg‘in bahs olib bordi.

Musobaqa yakuniga koʻra Yunusobod tumanida joylashgan 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 1-oʻrinni, 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 2-oʻrinni, Chilonzor tumanida joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 3-oʻrinni egalladi. Gʻolib jamoalar tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.