5 ta muhim tashabbus yosh iste’dodlarni qo'llab-quvvatlamoqda

Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etib kelinayotgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali mamlakat miqyosida yangi iste’dodlarni kashf etib, ular iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilib kelmoqda.

11-dekabr kuni “Yoshlar markazi” hamda 1-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida
bo‘lib o‘tgan festivalning Navoiy viloyat bosqichida ham yosh iste’dod egalari o‘z imkoniyat va mahoratini namoyon etdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash va uni yoshlar orasida keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur festival klassika, vokal, xalq cholg‘ulari, raqs, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar 3 ta yosh toifasida, ya’ni 6-8, 9-11 hamda 12-14 yosh toifasida 6 yo'nalish va 8 ta nominatsiya bo'yicha baholandi.

Ma’lumot uchun, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining tuman-shahar bosqichlarida 3000 nafarga yaqin o‘quvchi qatnashish istagini bildirib, ularning 480 nafari festivalning viloyat bosqichida ishtirok etdi.

6 yo‘nalishda g'olib bo'lgan eng iste’dodli o‘g‘il-qizlar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi hamda viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan rag‘batlantirildi.