Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʼmitasi ijtimoiy tarmoqlarda oʼz rasmiy sahifalarini ochdi

Bugungi kunda yoshlar masalasi har bir idora yoki tashkilot faoliyatida kunning dolzarb mavzusi sifatida eʼtirof etilmoqda. Yoshlarni eshitish, ularning muammolarini oʼrganish va yechim topishda davlat va nodavlat tashkilotlari birdek ish olib borishmoqda.

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʼmitasi yoshlarning koʼpchilik qismi faol boʼlgan ijtimoiy tarmoqlarda oʼz rasmiy sahifalari faoliyatini yoʼlga qoʼydi.

Endi Facebook'da -@senatyoshlar,
Telegram tarmogʼida - @senatyoshlar hamda Instagram'da - @senat_yoshlar sahifalari orqali Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʼmitasining faoliyati, qoʼmita senatorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, turli mavzudagi seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar haqida maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

Kelgusida ushbu qoʼmitaga murojaat qilish imkoniyati ham yaratilishi rejalashtirilmoqda.