Namanganda kibersport bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda

Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani Madaniyat markazida Namangan viloyati hokimligi, Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi, Oʻzbekiston hududida telekommunikatsiya xizmatlarini ko'rsatuvchi aksiyadorlik jamiyatining Namangan hududiy filiali, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan kibersport musobaqalari tashkil etildi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan loyihada yoshlar kibersportning "Counter strike", "Warcraft", "Blur" va "Pes-2019" yo'nalishlari bo'yicha o'zaro kuch sinashishdi.

Loyihalarda g'olib bo'lgan jamoalar musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.