To'ra Bobolov ”Vaxshivor” bolalar dam olish oromgohida oltinsoylik yoshlar bilan uchrashdi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Oltinsoy tumanidagi ''Vaxshivor” bolalar dam olish oromgohida tuman yoshlari bilan uchrashdi. “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida tashkil etilgan ochiq muloqot avvalida 2020-yilda Surxondaryoda yoshlar masalasida amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘z bordi.

Viloyat hokimi yoshlarga qarata murojaat qilar ekan, Davlatimiz rahbarining “2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi” degan so‘zlari joriy yilda yoshlarning jamiyatimizda tutgan o‘rni va rolining yanada ortishini belgilab beruvchi asos bo‘lishini ta’kidladi.

Surxondaryo viloyat hokimi T.Bobolov va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloti Kengashi raisi Sh.Olimov ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” loyihasi doirasida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi g‘oya va tashabbuslari, yuzasidan viloyat hokimi T.Bobolovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishdi. Mavjud savollarga yetarlicha javob olindi.

Uchrashuvda “Vaxshivor” mahallasidagi 120 nafardan ortiq yoshlar o‘z muammo va takliflarini bildirdi. Uchrashuv davomida 34 nafar yoshlarning taklif va murojaatlari o‘z yechimini topdi.