Xushxabar: Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi raisi endilikda hokim o'rinbosari

2009-yildan buyon Yoshlar ittifoqi tizimida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, Dang'ara tuman "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2018-yildan hozirga qadar esa Yoshlar ittifoqi Dang'ara tuman Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Shahnoza O'rinova sotsial lift orqali kasb pillapoyasida bir pog'ona yuqoriladi.

Hamkasbimiz endilikda Farg'ona viloyat hokimi o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisining kotibiyat mudiri sifatida o'z faoliyatini davom ettiradi.

Barakalla! Yoshlar marrani mana shunday baland olishi kerak. Prezidentimiz kutgan “sotsial lift” vazifasini bajarishda barcha yoshlarimizni yanada faollik, yanada fidoyilikka chorlaymiz.
Shahnoza O'rinova, mas'uliyat muborak bo'lsin!