"Hokim va yoshlar uchrashuvida 8 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta'minlandi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti madaniyat saroyida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Nukus shahar hokimi Paraxat Tureshev, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi, senator Abatbay Daniyarov, universitet rektori Axmet Reymov, Nukus shahridagi Prezident maktabi direktori Alisher Ubbiev, Nukus shahridagi tashkilot rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yig’ini raislari va oliygohning bitiruvchi bosqich talaba yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda talaba yoshlar mutasaddilarga savollar bilan yuzlandi. Murojaat va savollarga tegishli javoblar berildi.
Uchrashuv doirasida "Bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi" tashkil etilib, 104 ta korxona va tashkilotlar 269 ta ish o’rinlari bilan qatnashdi.Tadbir so’ngida, 21 nafar yoshga ishga joylashtirish yuzasidan yo’llanmalar berilib, 8 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.