Nukusda "Prokuror va yoshlar" uchrashuvida 15 nafar yoshlar bilan mehnat shartnomasi tuzilib, 20 nafar yoshlarga ishga joylashish uchun yo’llanmaga ega bo'ldi

Nukus olimpiya zaxiralari kollejida "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi o’tkazildi. Unda Nukus shahar prokurori Sabit Imatov, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi, senator Abatbay Daniyarov, Nukus shahar hokimi o’rinbosari Erkin Allanov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahridagi Xalq qabulxonasi boshlig’i Arıslanbek Baltabaevlar hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda kollejlarning bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan takliflar berildi.

Tadbir davomida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etilib, 15 nafar yosh bilan mehnat shartnomasi tuzildi va 20 nafar yoshga ishga joylashishlari uchun yo’llanmalar berildi.