Farg'onada 106 nafar yangi iste'dodlar taqdirlandi

Islom Karimov nomidagi Farg‘ona san’at va teatr saroyida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivali viloyat bosqichi g'olib va ishtirokchilari taqdirlandi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Ahadjon Akbarov Farg‘ona shahridagi 4-bolalar musiqa san’at maktabi va Farg‘ona shahridagi ixtisoslashtirilgan sana’t maktablarida festivalning viloyat saralash bosqichi o‘tkazilgani va festivalda 700 nafardan ziyod bolajonlar g‘oliblik uchun bellashganini ta'kidladi.

Tadbir davomida tashkil etilgan madaniy dasturda esa yosh iste’dod sohiblarining kuy-qo‘shiqlari, raqslari yig‘ilganlarga bir olam quvonch ulashdi. Taqdirlash marosimida 20 nafar 1-o‘rin, 36 nafar 2-o‘rin, 50 nafar 3-o‘rin g‘oliblari, jami 106 nafar yosh iste'dod egalari Yoshlar ittifoqining Farg'ona viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.