Gulandon Nabijonova ibratli hamshira sifatida e'tirof etildi

Joriy yil ikkinchi bor oʻtkazilayotgan "Eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam xizmati hamshirasi" respublika koʻrik tanlovi hamshiralarning malakasini oshirish, sohada orttirilgan ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan muhim tadbirlardan biriga aylandi. Tanlovning respublika bosqichida viloyat bosqichlarida gʻolib boʻlgan 14 nafar ishtirokchi toʻrtta shart boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali pediatriya boʻlimi hamshirasi Gulandon Nabijonova tanlovda faxrli ikkinchi oʻrinni egallab, ibratli hamshiralar qatorida e'tirof etildi.