Nukuslik o'quvchi “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovida 1-o‘rinni egalladi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan BMT Rivojlanish dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida o‘tkazilgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovi yakunlandi.

Uch bosqichda o‘tgan insholar tanlovida jami 30 mingdan ortiq yoshlar mavzuga doir o‘z qarashlari va tahlillari aks etgan insholar bilan ishtirok etdi. Maktab, litsey-kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida ikki oy davom etgan tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-11 sinflari hamda litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Skripkina Tamara Sergeyevna,
2-o‘rinni Navoiy shahridagi 11- aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Bahronova Iroda Otabek qizi, 3-o‘rinni esa Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 17-maktabning 11-sinf o‘quvchisi
Abdurazzoqova Kumush G‘olibjon qizi egalladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 1-o‘ringa Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi
Rashidova Mushtariybegim O‘tkir qizi, 2-o‘ringa Termiz davlat universiteti talabasi
Xo‘jaqulova Mahfuza Yo‘ldosh qizi, 3-o‘ringa Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi
Rahmonova Madinaxon Erkin qizi sazovor bo'ldi.

3-o‘rin sohibi – planshet, 2-o‘rin – noutbuk, 1-o‘rin g'olibi esa "iPhone 11 PRO" smartfoni bilan taqdirlandi.