“Kelajak uchun bir qadam” loyihasi.

Joriy yilning 20-21-noyabr kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, ijtimoiy moslashuvida ko‘maklashish maqsadida “Kelajak uchun bir qadam” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida yoshlar uchun alohida Dastur asosida  Respublikamizda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari hamda chet el oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallariga sayohat, universitetning rektor, professor, o‘qituvchilari bilan suhbat, yirik tadbirkorlar bilan uchrashuv va master klasslar, o‘z brendiga ega yirik ishlab chiqarish korxonalariga sayohat, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengash raislari bilan uchrashuv, taniqli huquqshunos va blogerlar bilan mavjud muammolar, ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan ochiq muloqot, psixologlar bilan o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish, muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llari va turli mavzularda ochiq muloqotlar tashkil etildi.