Respublika sardorlar saylovi natijalari e'lon qilindi

6-9-noyabr kunlari “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari, “Kamalak” va “Ittifoq” sardorlari uchun tashkil etilgan Respublika sardorlar forumi Respublika sardorlar saylovi bilan yakunlandi. Qiziqarli uchrashuvlar, dolzarb mavzulardagi seminar mashg'ulotlariga boy forumning so'nggi kuni "Yoshlar press-klubi"da 14 nafar “Kamalak” va 14 nafar “ Ittifoq” sardorlaridan iborat jami 28 nafar sardorlar Respublika sardorligi uchun qizg'in bahs olib bordi. 

Saylov natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridan Ruxsora Shakirova to'qqiz ovoz bilan Respublika “Kamalak”bolalar tashkiloti sardori etib saylandi. Respublika “Ittifoq” sardorligi esa Sirdaryo viloyatidan Boymurod Yunusovga ishonib topshirildi.

Respublika "Kamalak" sardori Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar "Kamalak" sardorlari hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan shakllantirilgan hay'at a'zolari ovozi bilan saylanadi.

Forum yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi A.Sa’dullayev barcha sardorlarni munosib taqdirlab, ularning kelgusidagi ishlariga omad tiladi.