Yonas Astrup: "O'zbekistondagi o'zgarishlarni, aynan siz - yoshlar dunyoga ovoza qilishingiz kerak"

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Markaziy Yevropa universiteti professori Layosh Bokrosh (Vengriya) va Xalqaro mehnat tashkilotining katta texnik maslahatchisi Yonas Astrup (Daniya) #TOPDavra loyihasida ma'ruza so'zladilar va yoshlarning iqtisod, mehnat munosabatlariga oid savollariga javob berdilar.

Ma'lumot uchun, Layosh Bokrosh va Yonas Astrup #ReformStepUp loyihasi doirasida mutaxassislar va yoshlarga ekspertlik tavsiyalarini bermoqda. #TOPDavra loyihasining navbatdagi uchrashuvlarida boshqa sohalarda ham katta tajribaga ega xalqaro ekspertlar taklif etiladi.