Yozyovonda 130 nafar chevar ish bilan ta'minlandi

Yozyovon tumani "Toshhovuz" mahalla fuqarolar yig'inida "Yozyovon baraka chevarlari" korxonasi ishga tushdi. Korxonaning ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev ishtirok etib, ayollarning bandligini taʼminlash orqali ularga toʻlaqonli turmush sharoiti yaratib berish muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning amaliy ifodasi sifatida ochilgan ushbu korxonada 130 nafar xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Korxona qurilishi uchun 1 milliard 700 million soʻm mablagʻ sarflanib, Xitoydan tikuv mashinalari olib kelib oʻrnatilgan.