Malayziyalik yoshlar delegatsiyasi Namangan yoshlari bilan uchrashdi

Ayni kunlarda Namangan muhandislik-texnologiya institutida mehmon bo‘lib turgan Malayziyadagi Xalqaro Islom universiteti talabalari viloyatimiz yoshlari bilan o‘zaro bilim va tajriba almashishda davom etmoqda.

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashida ikki davlat yoshlari o‘rtasida do‘stona muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘z mamlakatlarida yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar almashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan muhandislik-texnologiya institutidagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati to‘g‘risida ham mehmonlarga ma’lumotlar taqdim etildi. Uchrashuv so‘ngida bir guruh Malayziya yoshlariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi..