O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mutlaqo yangi shakldagi mukofot uchun nomzodlar hujjatlarini qabul qilishni boshladi!

Kuting... Yangi nom. Yangi shakl. Tanish so‘zlarmi?

Dekabrda eng munosiblar, eng sara nomzodlar g‘olib bo‘ladi! Ko‘p kuttirmaymiz.

Harakatni bugundan boshlang!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlar va keng jamoatchilik fikrini o‘rgangan holda yangi nom, yangi yo‘nalish, mutlaqo yangi shakldagi mukofot uchun nomzodlar hujjatlarini qabul qilishni boshladi!

Endi qat-qat qog‘ozlarni isrof qilish, tog‘-tog‘ hujjatlarni to‘ldirish shart emas. Tavsiya qiluvchi tashkilot yoki muassasa nomini keltirish ixtiyoriy! Hatto qay yo‘nalishda o‘zingizni munosib hisoblashingizni ham yozing!

Yangi tartibga ko'ra, har yili turli sohalarda ulkan muvaffaqiyatga erishgan, o'z faoliyati bilan jamiyat va mamlakat taraqqiyoti uchun hissa qo'shgan yilning munosiblari keng jamoatchiliknig tavsiyasi asosida maxsus mukofot (diplom, haykalcha, pul mukofoti) bilan taqdirlanadi.

Eng munosiblar yuqoridagi asosda Ekspertlar kengashi tomonidan aniqlanadi. Ekspertlar kengashi tarkibi turli sohalarning professional mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari orasidan shakllantiriladi.

Shoshiling, namuna ko‘rinishidagi ma'lumotnomani rasmiy telegram kanalimizdagi havola orqali yuklab oling va uni to‘ldirib mukofot@yi.uz elektron manziliga jo‘nating!

“Tahsin” mukofoti to‘g‘risida nizom

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
So'rov yo'naltirmoq Qayta aloqa To'siqlar haqida xabar berish Sifatni baholash