“Qizlar ovozi” forumi doirasida 8 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi

Kuni kecha, Nukus shahri Yoshlar markazida o'tkazilgan “Qizlar ovozi” forumi qoraqalpog'istonlik qizlarga olam-olam quvonch baxsh etdi.

Forumdagi insonni ruhlantiruvchi, hayotga yanada shijoat bag'ishlovchi gaplar, dildan suhbat har bir qiz uchun yangi maqsad, yangi marralarni belgilab berganligi shubhasiz.

Ayniqsa, forum doirasida ishsiz xotin-qizlar bilan o'tkazilgan suhbatda, sinovdan o'tgan 8 nafar yosh xotin-qizlarning O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashtirilishi fikrimizning amaliy isbotidir.

- Mazkur forum taassurotlarga boy bo'ldi. Aynan, ishga joylashishim esa, kelgusida orzularimni ro'yobga chiqarishimga, jamiyatimiz rivojiga hissamni qo'shishga asosiy poydevor bo'ladi desam mubolag'a bo'lmaydi, - deydi Nukus shahar 30-son umuta'lim maktabi boshlang'ich tashkilotiga yetakchi lavozimiga ishga joylashgan Raygul Aytimbetova.