Maʼnaviyatli  tadbirkor kitob do’koni ochdi

Sirdaryolik tadbirkor Yusufjon Isroilov ham “Yoshlar - kelajagimiz” jamgʻarmasidan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan yoshlardan biri. U maʼnaviyatli tadbirkor sifatida ishni Yangiyer shahrida kitob doʻkoni  qurishdan boshladi.

Bugungi kunda mazkur ziyo maskani foydalanishga topshirilib, ming nomdagi rang-barang kitoblar sotuvga chiqarilgan.

- Toʻgʻri, hozirda maktablardagi kutubxonalarimiz ham oʻz fondini yildan-yilga boyitib bormoqda. Lekin har doim ham oʻzimiz oʻqishni istagan kitoblar topilavermaydi. Shunda oʻquvchilar bizga murojaat qilishadi. Agar kitob doʻkonimizda soʻralgan kitob boʻlmasa, uni, albatta,   olib kelish uchun belgilab qoʻyamiz. Ana shunda kitob oʻqishga ishtiyoq bilan kelgan kitobxon ham “quruq” chiqib ketmaydi. Biz ham kitobsevarlarning talabini oʻrgangan holda kitob buyurtma qilamiz, - deydi qahramonimiz.

Albatta, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz oʻrtasida kitobxonlikni ommalashtirishga hissa qoʻshib kelayotgan Yusufjon boshlagan xayrli ishning umri uzoq boʻlishi turgan gap. Maʼrifat yoʻlida maydonga chiqqan tadbirkorga muvaffaqiyat tilaymiz!!!