Bugungi kun haqida...

Dunyo madaniyat kuni

“Umumiy madaniyat kuni” yoki “Dunyo madaniyat kuni” yilda bir marta 15-aprel kuni madaniyatni saqlashga targ’ib qilish maqsadida dunyodagi ko’plab mamlakatlarda nishonlanadi.

 Bu kunni kalendarga kiritish rossiyalik rassom va faylasuf Nikolas Roerich tomonidan taklif qilingan.

15-aprelni Umumjahon madaniyat kuni deb e'lon qilish uchun xalqaro harakat Kuba, Italiya, Litva, Latviya, Rossiya va Ispaniya NNTlari tomonidan 2008-yil dekabr oyida tashkil etilgan. 2014-yildan boshlab 14 ta mamlakatdan 40 ta tashkilot va 25000 nafar shaxslar bu harakatda ishtirok etgan. 

Bugungi kunda Argentina, Bolgariya, Belorusiya, Chili, Kuba, Isroil, Italiya, Latviya, Meksika va Ispaniya davlatrida ham madaniyat kuni nishonlanadi. 

Dunyo san’at kuni 

Butunjahon san'ati kuni - dunyoda ijodiy faoliyat haqida xabardorlikni oshirish va san’atni qadrlash maqsadida YuNESKOning hamkori bo'lgan Xalqaro San'at Assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan tasviriy san'atning xalqaro bayramidir. Bu maxsus kun 2011-yilda Turkiyadan kelgan delegatsiyaning taklifiga asosan Meksikada tashkil etilgan. 

Birinchi san’at kuni 2012-yil 15-aprelda nishonlangan bo’lib, Leonordo da Vinchining tug‘ilgan kuni sharafiga tanlangan.  Da Vinchi dunyodagi tinchlik, fikrlash erkinligi, bag'rikenglik, birodarlik va ko'p madaniyatlilik ramzi sifatida tan olingan, shuningdek, san'atning boshqa sohalari uchun ham ahamiyati katta. San’at kuni Fransiya, Slovakiya, Shvetsiya, Venesuela va Janubiy Afrika kabi davlatlarda turli konferensiyalar, suratlar, haykaltaroshlik, fotosuratlar ko‘rgazmalari bilan nishonlanadi.  

Shuningdek, Janubiy Koreyada “Quyosh kuni”, AQSHda “Jek Robinson kuni” va Gavayida “Damien ota” kunlari nishonlanadi.

 

Dildora HAMRAYEVA tayyorladi