Tadbirkorlar ishonadigan 5ta noto‘g‘ri tasavvur

Hayotda hamma narsada o‘rganish egri chizig‘i bor. Biroq tadbirkor sifatida, bu o‘rganish dastlabki paytlarda juda katta va dahshatli bo‘lishi tayin. Oldini olish mumkin bo’lgan oddiy xatolarga yo‘l qo‘yish ehtimoldan holi emas. Yangi tadbirkorlar uchun kredit beradigan firma asoschisi sifatida, masalani qanday qilish to‘g‘risida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lish oqibatida qilingan ko‘p xatolarni ko‘rdim.

Tadbirkorlar qaror qabul qilishda umidsizlanish va moslasha olmaslik kabi qiyinchiliklarda o‘zlarini qo‘lga olishlari lozim. Men boshlang‘ich hayotning rang-barang o‘zgaruvchan vaziyatlarini qabul qilganlar muvaffaqiyatga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega ekaniga ishonaman. Biznes sohasiga ilk qadam quyuvchilar ba’zi no‘to‘gri fikrlarga ishonishni to‘xtatishlari lozim. Quyida ayrim anglashilmovchiliklar va ularni oldini olishni tadqiq etamiz:

1. Sizda g‘oya va pul bor, ammo ishtiyoq yo‘q.

Men muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini ishga sola olaman deb o‘ylaydigan bir qator tadbirkorlarni ko‘rdim. Ammo, hech kim siz uchun sizning biznesingizni yo‘lga qo‘ymaydi. Ishonamanki, haqiqiy asoschi kompaniya ko‘rinishini hosil qila oladi, uni ehtiyojlarini qadrlaydi va birgina asos solgan shaxs uni amalga oshirish uchun shiddatli kuchni yo’naltirishi mumkin. Hech kimni faqatgina oldin katta kompaniyalarda ishlaganligi uchun yollamang. Kompaniya omadli bo‘lishi mumkin va siz nazarda tutayotgan odam o‘sha muvaffaqiyatda muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Ammo, har bir oldingi ishchi sizning boshlang‘ich ishingizda aynan o’sha muvaffaqiyatni takrorlaydi deb o‘ylamang.Sizning g‘oyalaringizga chin dildan ishonadigan odamlarni oling. Sizning yo‘nalishingizda ishlab, aniq ko‘rsatib bera oladigan odamni yollang va  muvaffaqiyatga erishish uchun sabab hamda isbotlash uchun biror narsaga ega bo'lganlarni ishga joylashtiring.

2. Siz sir saqlashingiz kerak yoki kimdir g‘oyangizni o‘g‘irlaydi.

Menimcha, amalga oshirishsiz g‘oya hech qanday ahamiyatga ega emas va uni hech kim o‘g‘irlay olmaydi. Boshlanishida sir saqlash madaniyati yaxshi ammo, davomida, siz kompaniyangizni bozor va yordam bera oladigan  odamlardan uzoqlashtirishingiz mumkin. Tajribamga ko‘ra, ko‘p baham ko‘rsangiz va fikrlaringizni muhokamalarda  tekshirsangiz yanada yaxshiroq bo‘ladi.

Yuridik va intellektual mulklarga ortiqcha sarflamang. Men ishonamanki, siz oshkor etilmagan shartnomalarni ko‘rib chiqishingiz kerak. Muhim odamlar uchun joyida musobaqalashmaslik va agar sizning g‘oyalaringizning ayrim qismlari ko‘chirilgan, patentlangan yoki savdo markali bo‘lsa, siz buni tushuna olishingiz muhimdir. Ammo, buning uchun ko‘p vaqt va pul sarflash har doim ham eng foydali yo‘l emas.

Maslahatchi va boshqaruv a’zolari topish zarur. Eng muhimi, uddalaganingizcha sizning mahsulotingizdan foydalanuvchi toping yoki hizmat ko‘rsating va ularga nihoyasiz so‘zlang. Ular bilan muloqot o‘rnating va hech qachon uni kengaytirishdan to’xtamang. Bu sizning bozoringiz – kompaniyangizdagi yagona eng muhim mohiyat muvaffaqiyatdir.

3. Xaridorlar bilan baham korishga tayyor bolmagan mahsulot

Siz mahsulotingizning ilk chiqishi, siz tasavvur qilgandek bo‘ladi deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq, bu har doim ham to‘g‘ri emas. Mahsulotlar havosiz bo‘shliqda rivojlanmaydi. Tajribamdan bilamanki, u yerda eng kam muvaffaqiyat keltiradigan mahsulot o‘sib borishida muvozanat bor. Iste’molchi  sotib olishga tayyor  bo‘lmaguncha siz ham biror narsa chiqarishni xohlamaysiz va mijozlar foydali bo‘lmaguncha sotib olmaydilar.

Mahsulotni kechiktirmasligingiz kerak, chunki u yerda "Kerak bo‘lgan yana bir xususiyat" mavjud yoki raqib siz kutmoqchi bo‘lgan mahsulotni chiqaradi. Nihoyat, agar biznes modeli haqida yaxshi tasavvurga ega bo‘lmasangiz, mahsulotni ishlab chiqarmang. Ha, bu model o‘zgarishi mumkin, ammo mening tajribamga ko‘ra, bozorni sinab ko'rish uchun biror narsani bepul qo‘yib, so‘ng uni (bundan oldingi ko‘rsatmalarsiz) narxlash sizga do‘stona munosabat va mijozlarni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
Qachonki, sizda aniq ehtiyojlarga yo‘naltirilgan qiymatga ega maslahat yoki g‘oya bo‘lganda mahsulotingizni ulashing  va siz uni bozorda mavjud bo‘lgan har qanday narsadan yaxshiroq ekanligiga ishonasiz.

4. Daromad bo‘lganda xatar tugaydi

Siz qorong‘ulikda bo‘lgan bir vaqtda, o‘zingizning uyingizdaman deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin, bu haqiqiy xatarda ro‘y beradi. Siz oshxonangizda yaratgan kompaniyani boshqarayotganingizga ishonish jiddiy anglashilmovchilik. Korxonalar rivojlanib borayotganligi sababli, davomiylikni saqlab qolish uchun salbiy ta’sirni foydali ravishda yo‘naltiradigan tavakkallarni ham qiling.  Bu qarama-qarshidir, ammo ishonamanki, o‘zgarishlar muvaffaqiyat olib kelishiga moslashmaslik, bu butun korxonaning qulashi demakdir.

Bir ish jarayonlari, iyerarxiya yoki malakaning qotib qolishiga yo‘l qo‘ymang. Savdo o‘sishi yangi talablarni qo‘shadi. Misol uchun, ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, u sizning mahsulotingizni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi asbob-uskunalar xarid qilish yoki qo‘shimcha xodimlarni yollashni anglatadi.

Yangi bozorlarni va tarqatish kanallarini kuzatib boring. Siz muvaffaqiyat qozonishni boshladingiz, endi qanday qilib uni qo‘llashingiz va kuchaytirishingiz mumkin? Raqobatchilar sizning mahsulotingiz va bozoringizni ko‘zdan kechirishadi hamda uni olib tashlashni istaydilar, shuning uchun orqaga o‘tirmanglar va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymang.

5. Mablag‘ni oshirish oson 

Har qanday bosqichda sarmoyani ko‘tarish juda qiyin, biroq men avvalgi bosqichdagi mablag' ajratish juda qiyin bo‘lishi mumkinligini aniqladim. Farishtalar sarmoyasi tadbirkorning oila yoki do‘stlar bilan bo‘lgan munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, tavakkalchi investorlar tasavvurda emas, balki o'lchovlarda nol bo‘ladi. Yana bir kompaniya o‘sdi va uni ko‘proq isbotlash kerak.

Sizda hattoki yetarli mablag‘ bo‘lganda ham  foyda keltiradigan bo‘lmaguningizcha taxmin qilmang. Bozorlar o‘zgaruvchan. Raqobatchilar paydo bo‘ladi. E’tibor o‘zgaradi. Siz don narxini oshirganingizdan so‘ng, muntazam qiymat ko‘tarilishini kuting.

Kompaniya mablag‘ining o‘sishini operativ jarayon sifatida qabul qiling. Ko‘pgina tadbirkorlarning bu jihatdan e’tiborsiz qolishlarini kuzatdim, shuning uchun ular har bir davr boshida yetarli pulni ko'tarishda omadsizlikka uchraydi. Dasturiy ta’minotni boshqarish bilan shug‘ullanadigan mablag‘ to‘plashni boshqaring. Rollarni tayinlash (xo‘jayin, rivojlanish va hk). Rejalashtirishda davom eting va yig‘ilishlarni o‘tkazing. Eng muhimi, ish amalga oshirilgani haqida ishonch hosil qiling. G‘alabalar va yo‘qotishlarni ko‘rib chiqish sizning darajangiz doimiy o‘sishiga yordam beradi hamda sizni eng yuqori sifatli taqdimotni yetkazishga tayyorlaydi.

“Men mag‘lub bo‘lmadim. Shunchaki, natija bermaydigan 10 000 yo‘lni topdim,” – Tomas Edison shunday degan edi. Bilishdan rohatlaning, hattoki, yuqori muvaffaqiyatga erishganlarda ham ko‘rsatish uchun jangdan qolgan jarohatlari bor. Ular hech qachon harakatdan to‘xtamaganlar. Shunday ekan, o‘rganishda va harakatda davom eting.

Victor Orlovski – tavakkal sarmoya kirituvchi “Fort Ross Ventures” firmasining rahbari

Dildora HAMRAYEVA tarjimasi