Xoʻjaqoʻrgʻon gʻolib boʻldi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Xatirchi tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etdi.

Unda 16 ta mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etdi.

– Xatirchi tumanida bugungi kunda 14-30 yoshgacha boʻlgan 44 mingdan ortiq yoshlar istiqomat qiladi. Ularni sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun koʻplab musobaqalar oʻtkazilmoqda, – deydi ittifoqning tuman Kengashi raisi Abduvali Bekmurodov.

Qizgʻin va murosasiz kechgan futbol bahslarida birinchi oʻrinni “Xoʻjaqoʻrgʻon” jamoasi egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrin “Yangi qishloq” jamoasiga, uchinchi oʻrin esa “Chigʻatoy” mahallasi yoshlariga nasib etdi. Gʻoliblar tuman Kengashining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.