Yangi konsepsiya doirasida yoshlar orasida “Street law” (Koʻcha huquqi) loyihasi joriy qilinib, bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratiladi​

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoniga ko'ra  Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratiladi.

Portal quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Konstitutsiyani oʻrgatishga doir ilk tushunchalar;
  • kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlangʻich huquqiy bilimlar;
  • huquqiy oʻyinlar, mashgʻulotlar va dasturlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar.


Oilada huquqiy savodxonlikni oshiradigan, har bir elementar huquqiy bilimlarni oʻrgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanma bepul tarqatiladi.  Mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” tashkil etiladi. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish” va “Inson huquqlarini oʻrganish” maxsus oʻquv kurslarini barcha taʼlim turlari boʻyicha oʻrgatish joriy etiladi. 

Yoshlar orasida “Street law” (Koʻcha huquqi) loyihasini joriy qilish uchun huquqshunos talabalar, yuridik kollejlar oʻquvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat koʻngillilar guruhi shakllantiriladi. Yoshdan kelib chiqib huquqiy savodxonlikning minimal talablari tasdiqlanadi. Aholini qiziqtirgan huquqiy mavzular yuzasidan “Soʻrov boʻyicha huquqiy targʻibot” loyihasi amalga oshiriladi. 

 Manba: www.qalampir.uz sayti