"Huquqiy savodxonlik-yuksak ma'naviyat belgisi" mavzusidagi vebinar bo'lib o'tdi

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ilk bor “Huquqiy savodxonlik –yuksak maʼnaviyat belgisi” mavzusida vebinar tashkil etildi. Unda 56 nafar O'zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining Boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, Ijtimoiy huquqiy masalalar va huquqbuzarlik profilaktikasi boʻlimlari xodimlari, 81 nafar Oliy taʼlim muassasalarining boshlangʻich tashkilot yetakchilari, 120 nafar Respublika va hududiy yetakchilar Kengashi aʼzolari va mahalliy yetakchilar Kengashining bosh, “siyosiy-huquqiy ishlar yoʻnalishi” mutasaddilari hamda 600 nafar “Press-klub” yetakchilaridan iborat jami 862 nafar yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlari mustahkamlandi.
Onlayn tashkil etilgan seminarda viloyatlardan ishtirok etayotgan koʻplab yoshlar konstitutsiyamiz toʻgʻrisidagi qiziqarli faktlarni bilib olish bilan birga oʻzlarining haq-huquqlarini tanib, o'z burch va majburiyatlarini bajarish mas'uliyatini his etishdi.

Shuningdek, seminarda yetakchilar maʼruzachilardan qonun ijodkorligi, davlat va xalq munosabatlari, hokimiyatlar boʻlinish prinsiplari, fuqarolik jamiyati qurilishidagi islohotlarning mazmun-mohiyati borasida chuqur mulohazalar oʻrtaga tashlanib, kerakli saboqlar olindi.