Innovatsion texnologiyalar va yoshlar

2018-yil 7-dekabr kuni Yoshlar ittifoqi “Yoshlar press klubi”da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan “Innovatsion texnologiyalar va yoshlar: imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar“ mavzusida tashkil etilgan konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, vazirlik va idoralar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Unda jamiyatning barcha jabhalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari keng muhokama qilinib, yoshlarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkillashtirildi.

Tadbir doirasida “Yoshlar-kelajagimiz“ Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida ishbilarmonlik tashabbuslarini, gʻoyalari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oshirilayotganligi, mehnat bozorida yuqori talabga ega boʻlgan turli soha boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari hamda tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻqitish masalalari muhokama qilindi.

Zamonaviy voqeliklarda yoshlarning innovatsion faoliyatini oshirish alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda tezkor texnologik taraqqiyot davrida, zamonaviy texnologiyalarga, xususan, robotlarni umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlarining oʻquv dasturlarida alohida tartib sifatida joriy etishga jalb qilish zamonaviy talablarga javob beradi. Shuningdek, “STEAM“ xalqaro taʼlim tizimini (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) amalga oshirish boʻyicha taklif ham muhokama etildi. Taʼkidlanganidek, ushbu tizim iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi.

“Innovatsion texnologiyalar va yoshlar: imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar“ konferensiyasida yoshlarimiz oʻrtasida innovatsion texnologiyalarni jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan mavjud kamchiliklar va muammolar qayd etildi. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bogʻliq kuyidagilarni amalga oshiradigan koʻplab loyihalar nafaqat poytaxt va yirik mintaqaviy markazlarni qamrab oladi.

Shu bilan birga, iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan kam miqdordagi tanlovlar mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida iqtidorli yigit-qizlar faoliyatini yoritishga yetarlicha eʼtibor berilmayotgani qayd etildi.

Konferensiya qatnashchilari aniq takliflar bildirdilar va tegishli tavsiyalarni qabul qildilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Surat: Yoshlar media markazi