Harbiylarimizning siyosiy savodxonligi sinovdan oʻtkazildi

Qarshi shahridagi viloyat Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi maxsus obyektlarni qoʻriqlash boʻlinmalari oʻrtasida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovi o‘tkazildi.

Unda maxsus obyektlarni qoʻriqlash boʻlinmalarining “Burgutlar”, “Oʻqchilar”, “Alanga”, “Adolat” nomli jamoalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha savol-javob asosida bahslarga kirishishdi.

– Maqsadimiz yoshlarni Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, yoshlarning oʻz huquqlarini toʻla anglab yetishlariga koʻmaklashish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash, yoshlarning himoya qilishga yoʻnaltirilgan huquqiy bazani yanada takomillashtirish va mustahkamlash, ularni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan yetuk shaxslar etib voyaga yetkazishdan iboratdir, – deydi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi boʻlim mudiri Iqbol Abduxoliqov.

Yakuniy natijalarga koʻra, “Adolat” jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib jamoa va faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar maqtov yorliqlari hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.