Siyosiy-huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan onlayn seminar oʻtkaziladi

Ertaga 7-dekabr kuni soat 10:30 da Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan oʻquv seminar o‘tkaziladi.

Mazkur mashg‘ulot hududlardagi Boshlangʻich tashkilot yetakchilarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, ularda turli yot gʻoya va tashabbuskor fikrlar bilan kurashishga qodir kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

Oʻquv seminar onlayn (vebinar) shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining malakali mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi.