Poytaxt yoshlari saylovga doir bilimlarini boyitdi

 Toshkent shahrida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston saylovlari yoshlar nigohida” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Unda yoshlarning siyosiy bilim va huquqiy madaniyatini oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanish tizimli asosda yo‘lga qo‘yilganligi, yoshlarning siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish va ularda daxldorlik hissini uyg‘otishga qaratilgan kelgusi rejalar xususida so‘z yuritildi.

 Yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish hamda mamlakatimizda o‘tkaziladigan siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirok etishini targ‘ib qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.