Farg‘onada “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” shiori ostida ikki avlod uchrashuvi oʻtkazildi

Xabaringiz bor, 4-10-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik doirasida  Fargʻona shahridagi safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilari bilan “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” shiori ostida ikki avlod uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi boʻlim boshligʻi F.Sultonov, Faxriylar ishlari boʻyicha viloyat Kengashi raisi V.Toshaliyev, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi viloyat mintaqaviy boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi J.Nasiriddinovlar ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlar keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishdilar. Shuningdek soʻzga chiqqanlar mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, shuningdek respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yoshlarni kelajakda oʻz oʻrnini topishi lozimligini ta'kidladilar.