O‘zbekistonda “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda

 4-10-oktabr kunlari respublikamiz bo‘ylab “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik doirasida Yoshlar ittifoqi tomonidan hududlarda “Bobom va men kitobxon” shiori ostida kitobxonlik aksiyasi, “Keksalar zavqi” mavzusida sport musobaqalari hamda volontyor yoshlar tashabbusi bilan yolg‘iz qariyalar, mehnat faxriylari xonadonlarining tomorqalarida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

 Bundan tashqari, “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” shiori ostida ikki avlod uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.

 Aziz yoshlar, Siz ham ushbu xayrli loyihalarda faol bo‘ling!