Jizzax viloyatida 1 ming 132 nafar yosh targ‘ibotchilar shakllantirildi

"Yosh saylovchi - 2021" targ'ibot aksiyasi doirasida Jizzax viloyatida 1132 nafar yosh targ‘ibotchilar shakllantirilgan bo‘lib, dastlab seminar-treninglarda ularning bilim va malakalari oshirildi.

 Loyihaning ikkinchi bosqichida targ‘ibotchi yoshlar qishloq va mahallalarda, korxona va tashkilotlarda tengdoshlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Respublika ishchi guruhi va targ‘ibotchilar G‘allaorol tumanidagi "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati hamda tuman tibbiyot birlashmasida yoshlar bilan muloqot qilib, ularning saylov haqidagi bilimlarini oshirishga ko‘maklashdi.

 Baxmal tumanida o‘tkazilayotgan targ‘ibot aksiyasi loyihalarida ham yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etmoqda.