"Yosh saylovchi" aksiyasi Xonqada

 Xonqa pedagogika kollejida loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g‘oya" loyihasi o‘tkazildi.

 Shuningdek, saylov jarayonlari haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti ham bo'lib o'tdi.