Sirdaryo tumanidagi Biznes akseleratorda "Yosh saylovchi - 2021" targ‘ibot loyihasi o‘tkazildi

Saylov insonlarning tanlash huquqi, fikr huquqi va madaniy huquqidir. Unda ishtirok etgan kishi borki, o‘z kelajagiga ovoz beradi.

Yosh saylovchilarning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Sirdaryo tumanidagi Biznes akseleratorda "Yosh saylovchi - 2021" targ‘ibot loyihasi o‘tkazildi.

 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi mas'ul xodimi Shohsanam Norjigitova tomonidan o‘tkazilgan o‘quv seminarida ishtirokchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.