Toshkent viloyatida Agro marafon start oldi

Аgromarafonning ochilish marosimi viloyatdagi Аgro xizmatlar Markazi (АKIS)da bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.  Jarayonda 250 nafardan ortiq yoshlar, tajribali agrotadbirkorlar ishtirok etib, yer bilan uzoq yillardan buyon tillashib kelayotgan mohir fermerlar ushbu sohaning sir-asrorlarini yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilayotgan, yoshlar uchun katta maktab va tajriba almashinuv maydonchasi bo‘lishi kutilayotgan marafon respublikamiz hududlari bo‘ylab davom etadi.