Ustoz — inson umrining naqqoshi!

 Bugun Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov o‘zi tahsil olgan ushbu maktabning barcha o‘qituvchi va fidoiy xodimlarini bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Azizlar, har birimizning yutuqlarimizda ustozlarimizning mehnatlari, bergan ta'lim-tarbiyasi, chekkan zahmatlari beqiyos. Shunday ekan, bayram munosabati bilan ularga hurmat va ehtiromimizni, tashakkurimizni izhor etaylik!