Rahbariyat

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li

Telefon: 10 93

Qabul kunlari: Payshanba,  soat 10:00 dan 12:00 gacha

E-mail: a.sadullayev@yi.uz 

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li 1994-yil Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 2017 yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tamomlagan.

2013-2017 yy. - Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabasi

2017 y. - "RESULT" o‘quv markazi rahbari 

2017 - 2018 yy. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari

2018 y. - 2019 y. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari
2019 y. - h.v. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari 

2019 y. - h.v. - O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi 

Markaziy Kengash raisining vazifalari hamda vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:
– Ittifoq Ustavi va Dasturi doirasidagi umumiy faoliyatni muvofiqlashtiradi;
– Ittifoq va Markaziy Kengash nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar oldida Ittifoq manfaatlarini ifodalaydi;
– Markaziy Kengash, uning Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy Kengash raisi o‘rinbosarlari va apparatining faoliyatiga rahbarlik qiladi, apparat xodimlarini ishga qabul qiladi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
– shartnomalar tuzadi, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonchnomalarni beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisoblarni ochadi, bank, moliya va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan foydalanadi, barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan farmoyish beruvchi hujjatlarni chiqaradi;
– Ittifoq faoliyati doirasidagi Markaziy Kengash va uning Ijroiya qo‘mitasining vakolatiga kirmaydigan boshqa masalalarni hal qiladi.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

Jumaboyev Akmal Muradovich

Telefon: 10 93

Qabul kunlari: Payshanba, soat 14:00 dan 16:00 gacha

E-mail:  

Markaziy Kengash raisining birinchi o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

-

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul: 

- Boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi;

- Harbiy qismlardagi yoshlar bilan ishlash boʻlimi;

- Xalqaro aloqalar bo’limi;

- Axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻlimi

 


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari – “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijrochi direktori

Sattarov Xayrulla Fayzullaevich

Telefon: 10 93

Qabul kunlari:  Har kuni, soat 16:00 dan 18:00 gacha

 

Tugʼilgan joyi 21.11.1977 Navoiy shahri

1996-1998 yy. - Xususiy tadbirkorlik faoliyati (kompьyuter texnikalari bilan taʼminlash)

1998-2002 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

2004-2006 yy. - “Tadbirkor” aktsiyadorlik tijorat banki Navoiy viloyati Qiziltepa filiali qarz boʼlimi yetakchi mutaxassisi, Toshrabod mini-banki boshligʼi

2006-2008 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Navoiy viloyat boshqarmasi amaliyot boʼlimi bosh mutaxassisi, Muammoli kreditlarni qaytarish va monitoring boʼlimi boshligʼi, Oʼz mablagʼi va jalb qilingan mablagʼlar hisobidan kreditlash, iqtisodiy tahlil hamda markazlashgan fondlar bilan ishlash va transh shoʼʼbasi mudiri, viloyat filiali boshligʼi oʼrinbosari vazifasini bajaruvchisi

2008-2009 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Аmaliyot boshqarmasi kreditlash boʼlimi boshligʼi

2009-2010 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Buxoro viloyati Gʼijduvon filiali boshqaruvchisi

2010-2011 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Korporativ mijozlarni kreditlash boʼlimi boshligʼi

2011-2011 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Mikrolizing xizmatlari koʼrsatish departamenti direktori oʼrinbosari, Mikrolizing xizmatlari koʼrsatish boshqarmasi boshligʼi

2011-2012 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Kreditlash departamenti direktori oʼrinbosari, Lizing xizmatlari koʼrsatish va byudjetdan tashqari jamgʼarmalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʼi, Kreditlash departamenti direktori vazifasini bajaruvchisi

2012-2013 yy. - “Mikrokreditbank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Korporativ mijozlar investitsion loyihalarini moliyalashtirish va chakana kreditlar ajratish departamenti direktori vazifasini bajaruvchisi, departament direktori oʼrinbosari, Lizing xizmatlari koʼrsatish va byudjetdan tashqari jamgʼarmalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʼi

2013-2015 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki Аmaliyot boshqarmasi boshligʼi

2015-2016 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki Аktivlarni monitoring qilish departamenti direktori oʼrinbosari

2016-2017 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki Gʼaznachilik departamenti direktori

2017-2017 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki Davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish va investitsion loyihalarni moliyalashtirish departamenti direktori

2017-2018 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki Gʼaznachilik departamenti direktori

2018-2019 yy. - Vaqtincha ishsiz

2019 y. - h.v. - Oʼzbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq bankining Gʼaznachilik departamenti direktori

2019 yil 7 dekabrdan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʼrinbosari,
“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʼarmasi ijro etuvchi direktori

Jamg’arma ijro etuvchi direktorining vazifalari hamda vakolati doirasiga quyidagilar kiradi:

– Jamg’arma Ustavi va Nizomi doirasidagi umumiy faoliyatni muvofiqlashtiradi;

– Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkil etadi hamda uning samarali va natijadorligi uchun shaxsan javob beradi;

– Jamgʻarma daromad va xarajatlarining har yilgi prognozlarini shakllantiradi hamda Kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi;

– Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga kiritadi;

– Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi uchun zarur qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish boʻyicha choralar koʻradi;

– Jamgʻarma daromad va xarajatlarini hisobga olish hamda ularning ijrosi toʻgʻrisida hisobdorlikni taʼminlaydi va tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;

– Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish monitoringini tizimli ravishda tashkil qiladi;

– Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan parametrlar doirasida tijorat banklarining depozitlariga hamda boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtiradi;

– xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;

– Jamgʻarma nomidan mehnat, xoʻjalik va boshqa shartnomalar, shu jumladan, kafilliklar taqdim etish hamda depozitlarni tijorat banklarida joylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolaydi;

– Ijrochi direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul: 

Yoshlar tadbirkorligi va fermerligini rivojlantirish bo'limi.


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining oʻrinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizi

Telefon: 10 93

Qabul kunlari: Juma,  soat 11:00 dan 13:00 gacha

E-mail: d.kattakhanova@yi.uz 

 

 

Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizi 1991-yil Toshkent shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy. 2014-yil O'zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

2010-2014 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti talabasi

2014-2016 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti magistranti

2014-2015 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi apparati ijtimoiy-huquqiy loyihalar bo‘limi yetakchi mutahassisi (0,5 stavka)

2015-2016 yy. - Bola parvarishlash ta’tilida

2016-2016 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi qoshidagi Yoshlar media markazi tarjimon-muharriri (0,5 stavka, o‘rindoshlik asosida)

2016-2017 yy. - O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2016-2017 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti qiyosiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

2017-2018 yy. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

2018 y. - h.v. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy masalalar, sport va yosh oilalar bilan ishlash kompleksi rahbari

Markaziy Kengash raisining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ushbu sohadagi loyihalar, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari targ’ibotlari, yosh onalar va qizlar bilan ishlash va fan-ta’limni rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul: 

- Ma’naviy-ma’rifiy bo’lim; 

- Ijtimoiy-huquqiy bo’lim; 

- Yosh onalar va qizlar bilan ishlash bo’limi; 

- Fan-ta’limni rivojlantirish bo’limi.  


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari, hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari

Omonov Farruh Farxodjonovich

Telefon: 10 93

 

 

Tugʼilgan joyi 19.12.1988 Tambov viloyati, Rasskazovo shahri (Rossiya)

2005-2009 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

2009-2011 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti

2011-2013 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi Valyuta-iqtisod boshqarmasining eksportdan tushadigan daromadlarni rejalashtirish va monitoring qilish boʼlimi 1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi

2013-2015 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi Xorijiy kreditlar va tashqi qarz boshqarmasining davlat tomonidan xorijiy valyutada jalb qilinadigan mablagʼlar hisobiga amalga oshiriladigan investitsion loyihalarni ekspertiza va monitoring qilish boʼlimi bosh iqtisodchisi

2015-2017 yy. - Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish istiqbollari boʼlimi bosh mutaxassisi, boʼlim boshligʼi

2017-2018 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik asoslariga oʼqitishni tashkil etish boshqarmasi boshligʼi

2018-2019 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlikka oʼqitish va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshligʼi

2018 y. - h.v. - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari, tashkiliy-kadrlar kompleksi rahbari

Sattarov Shomurod Zokirovich

Telefon: 10 93

Qabul kunlari: Seshanba,  soat 11:00 dan 13:00 gacha

E-mail: sh.sattarov@yi.uz

 

 

 

 

Markaziy Kengash raisining tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- Ittifoq tizimlarida kadrlar siyosatini muvofiqlashtirish, xodimlarning o’quv va malakasini oshirish, Davlat mukofotiga va “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarni o’rganish, tashkiliy hujjatlar tizimini shakllantirish, yoshlarga oid axborotlar, statistik ma’lumotlar, Ittifoq faoliyatining monitoringi, ish reja, davlat dasturlari bajarilishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, tizimdagi ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlash va arxiv hujjatlarini saqlanishi bilan bog’liq masalalariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:

- Tashkiliy-kadrlar bo’limi;

- Axborot-tahlil bo’limi;

- Axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo'limi;

- Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo’limi;

- Devonxona va arxivarius.


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining oʻrinbosari, moliya-iqtisod kompleksi rahbari

Xolmuradov Botir Burxanitdinovich

Telefon: 10 93

Qabul kunlari: Dushanba,  soat 14:00 dan 16:00 gacha

 

Tugʼilgan joyi 21.08.1981 Toshkent shahri

1998-2002 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

2002-2004 yy. - Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

2004-2008 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʼl jamgʼarmasi
ijro etuvchi direktsiyasi Buxgalteriya hisobi va moliyaviy oqimlar muvozanati boʼlimi yetakchi hisobchisi

2008-2011 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʼl jamgʼarmasi
ijro etuvchi direktsiyasi Yoʼl qurilish dasturlarini moliyalashtirish boʼlimi bosh iqtisodchisi

2011-2014 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Byudjet siyosati, jamlangan byudjetni rejalashtirish va byudjetlararo munosabatlar boʼlimi
bosh iqtisodchisi

2014-2016 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Byudjet siyosati, jamlangan byudjetni rejalashtirish va byudjetlararo munosabatlar boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari

2016-2019 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Byudjet siyosati va konsolidatsiyalashgan byudjetni shakllantirish boʼlimi boshligʼi

2019 yil 7 dekabrdan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining oʼrinbosari,
moliya-iqtisod kompleksi rahbari

Markaziy Kengash raisining Moliya-iqtisod masalalari bo’yicha o’rinbosari xizmat vazifalari va vakolatlariga quyidagilar kiradi:

- Ittifoqning moliya-iqtisod faoliyatini yo’lga qo’yish, muvofiqlashtirish, moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol rejalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, Markaziy Kengash byudjetini moliyalashtirishning qo’shimcha imkoniyatlarini izlab topish, Ittifoq Ustavida belgilangan moliyaviy manbalardan mablag’larni jalb qilish ishlariga umumiy rahbarlik qiladi.

Tashkiliy tuzilma bo’yicha quyidagi bo’limlarga mas’ul:

- Moliya-iqtisod bo’limi;

- Buxgalteriya.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining matbuot kotibi - Axborot xizmati rahbari

Abduqodirov Nodir Abdukayumovich

Telefon: +99871 2311294

E-mail:  n.abduqodirov@yi.uz

 

 

 

Tugʼilgan joyi 06.11.1982 Toshkent shahri

1999-2004 yy. – Toshkent Аxborot Texnologiyalar universiteti talabasi

2001-2010 yy. – “Vodiy Sadosi” teleradiokanali musiqiy muharriri

2010-2017 yy. - “Vodiy Sadosi” teleradiokanali axborot xizmati muharriri

2009-2013 yy. – “KFUM Golden Trans Servis” Bosh direktori

2014-2017 yy. – “Paxtakor” futbol klubi Аxborot xizmati rahbari

2017-2019 yy. - Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi mudiri

2019 yil 15 iyuldan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining axborot siyosati boʼyicha maslahatchisi - Аxborot xizmati rahbari.

Funksiya va vazifalari: 

- O’zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini, mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televidenie, radio, matbuot va internetda yoritadi, ommaviy axborot vositalari bilan tizimli aloqalar o’rnatadi;

- Matbuot anjumanlarini tashkil etib boradi;

- Televidenie, radio va matbuot, internet sahifalarida O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini targ’ib qilishga qaratilgan sahifa va ruknlarni yuritadi, yirik informatsion va targ’ibot maqolalarini tayyorlaydi.