- Ittifoqning rahbar, ijroiya organlari va Markaziy Kengash apparati ish faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlaydi;
- Ittifoqning kadrlar siyosatini muvofiqlashtiradi;
- Ittifoq tizimlari uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;
- Ittifoq tizimlarida zaxira kadrlar bazasini shakllantiradi;
- tashkiliy nazorat, Qurultoy, Markaziy Kengash va Markaziy Kengash Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishlari ishini bayonlashtirish, nomenklatura, reglament boʻyicha Markaziy Kengash ishini tashkil etadi;
- Ittifoqning tashkiliy hujjatlar tizimini shakllantiradi va tuzilmalar tomonidan ushbu hujjatlar qoidalarining bajarilishini taʼminlaydi.